25-Mart, 2026-yil

Yer uchastkalarini xususiylashtirishda 29 ta qonunbuzilish holati aniqlandi


Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik ijrosi muntazam ravishda o‘rganib kelinmoqda. Navbatdagi o‘rganishlar davomida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.


O‘rganishlar natijasida respublika bo‘yicha 29 ta hududdagi qurilish bo‘limi mas’ullari, shu jumladan, bosh arxitektorlar tomonidan ruxsat berish tartib-taomillarini buzish holatlari aniqlandi.


Misol uchun, o‘rganishlar davomida Zangiota tumani qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan “S.” MChJning yer uchastkasini xususiylashtirish bo‘yicha YIDXP orqali yuborgan arizasi ko‘rib chiqishda muddatlar buzilganligi va asossiz rad etish xulosalari berilganligi ma’lum bo‘ldi.


Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 71-sonli qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga ko‘ra, qurilish bo‘limlari 5 ish kuni ichida yer uchastkasining shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligini ko‘rib chiqishi, rad etilgan taqdirda esa normativ-huquqiy hujjatning aniq normasiga asoslangan sabablarni ko‘rsatishi shart.


Mazkur huquqbuzarliklar yuzasidan Biznes-ombudsman xodimlari tomonidan mas’ul shaxslarga nisbatan MJtKning 241-5-moddasi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqilib, aybdorlarga nisbatan jarima jazosi qo‘llanildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение